YUQORI CHIRCHIQ GIDROUZELINING ISHONCHLI VA XAVFSIZ ISHLASHINI TA’MINLASH BO‘YICHA KONSTRUKTIV CHORA-TADBIRLAR ISHLAB CHIQISH

Authors

  • Amanov Qudret Xabibiy o’g’li Author

Keywords:

Yuqori Chirchiq gidrouzeli, gidravlik hisob-kitob, shiddatli oqim, eroziya, energiya so‘ndiruvchi konstruksiya,ishonchlilik, xavfsizlik.

Abstract

Maqolada Yuqori Chirchiq gidrouzelining texnik holatini tahlil qilish, undagi shiddatli oqim rejimi va qirg‘oq eroziyasi muammolarini konstruktiv yechimlar orqali bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi gidrouzelning ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlovchi energiya so‘ndiruvchi inshootni ishlab chiqishdan iborat. Gidravlik hisob-kitoblar asosida mavjud oqim parametrlarining (Q=125m3, v=3.5 m/s) eroziya xavfini oshirishi aniqlandi. Muallif tomonidan taklif etilgan yangi konstruksiya oqim rejimini shiddatli (Fr > 1) holatdan barqaror holatga (Fr < 1) o‘tkazib, qirg‘oqni eroziyadan himoya qiladi. Tadqiqot natijalari gidrotexnik inshootlarning ishonchliligini oshirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.

Author Biography

  • Amanov Qudret Xabibiy o’g’li

    -“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo ‘jaligini mexanizatsiyalash instituti” Milliy tadqiqot universiteti “GTI va MK” kafedrasi  magistiri

References

Published

2026-06-09