OLIY TA’LIM TIZIMIDA LEARNING MANAGEMENT SYSTEM (LMS) PLATFORMALARINING TRANSFORMATSION ROLI: SIFATLI UNIVERSAL KONTENT VA RAQAMLI INTEGRATSIYA MUAMMOLARI
Keywords:
LMS, oliy ta’lim, elektron ta’lim, masofaviy ta’lim, universal LMS, raqamli transformatsiya, mikrota’lim, adaptiv ta’lim.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy oliy ta’lim tizimida Learning Management System (LMS) platformalarining o‘rni, ularning funksional evolyutsiyasi hamda sifatli universal ta’lim kontenti bilan bog‘liq muammolar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xalqaro ilmiy maqolalar, tizimli sharhlar va elektron ta’lim bo‘yicha zamonaviy konsepsiyalar o‘rganildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ko‘plab oliy ta’lim muassasalarida LMS tizimlari joriy qilingan bo‘lsa-da, ular asosan administrativ boshqaruv, nazorat va hujjatlashtirish vositasi sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, sifatli interaktiv kontentning yetishmasligi, fanlar bo‘yicha bilim resurslarining fragmentatsiyasi hamda mobil avlod ehtiyojlariga moslashuvchan o‘quv muhitining sust rivojlanganligi LMS samaradorligini cheklamoqda. Maqolada markazlashgan universal LMS modeli, mikrota’lim, mobil integratsiya va sun’iy intellekt asosidagi adaptiv ta’lim konsepsiyasining istiqbollari yoritilgan.