TASHQI QARZNING IQTISODIY O`SISHGA UZOQ MUDDATLI TA’SIRI: O`ZBEKISTON MISOLIDA

Authors

  • Rajabboyeva Farzona Safo qizi Author

Keywords:

tashqi qarz, iqtisodiy o`sish, YAIM, debt overhang, makroiqtisodiy barqarorlik, O`zbekiston

Abstract

Ushbu maqolada tashqi qarzning iqtisodiy o`sishga uzoq muddatli ta’siri O`zbekiston misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tashqi qarz va yalpi ichki mahsulot (YAIM) o`sishi o`rtasidagi bog`liqlikni aniqlash hamda qarzning barqaror darajasini baholashdan iborat. Maqolada neoklassik o`sish nazariyasi va “Debt Overhang” yondashuvi asosida tashqi qarzning iqtisodiy rivojlanishga ijobiy va salbiy ta`sirlari yoritilgan. O`zbekistonning so`nggi yillardagi makroiqtisodiy ko`rsatkichlari, xususan tashqi qarz hajmi, uning YAIMga nisbati, investitsiyalar va inflyatsiya darajasi o`rganilgan. Shuningdek, tashqi qarz ma`lum darajagacha iqtisodiy o`sishni rag`batlantiradi, biroq uning ortib borishi fiskal bosim va investitsiya samaradorligining pasayishi orqali salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.Maqolada O`zbekiston uchun tashqi qarzning optimal darajasi, uni boshqarish mexanizmlari hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash bo`yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Author Biography

  • Rajabboyeva Farzona Safo qizi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,

    Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 1-kurs talabasi

    rajabboyevafarzona@gmail.com

References

Published

2026-06-08