KARBYURATORLI VA INJEKTORLI DVIGATELLARNING YONILGI TAMINLASHH TIZIMIGA SERVIS XIZMAT KORSATISH VA TAMIRLASH
Keywords:
karbyuratorli dvigatel, injektorli dvigatel, yonilg‘i ta’minlash tizimi, servis xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, diagnostika, yonilg‘i nasosi, purkagich, elektron boshqaruv tizimi.Abstract
Mazkur maqolada karbyuratorli va injektorli dvigatellarning yonilg‘i ta’minlash tizimlarining tuzilishi, ishlash prinsipi hamda ularga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash masalalari yoritilgan. Karbyuratorli tizimlarda yonilg‘i va havoning aralashmasini hosil qilish jarayoni, injektorli tizimlarda esa elektron boshqaruv asosida yonilg‘ini purkash texnologiyasi tahlil qilingan. Shuningdek, yonilg‘i nasosi, filtrlar, purkagichlar, datchiklar va boshqa asosiy elementlarning texnik holatini nazorat qilish usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada dvigatelning samarali ishlashini ta’minlash, yonilg‘i sarfini kamaytirish hamda zararli gazlar chiqindilarini qisqartirishda muntazam texnik xizmat ko‘rsatishning ahamiyati asoslab berilgan. Bundan tashqari, nosozliklarni aniqlash, diagnostika qilish va bartaraf etishning zamonaviy usullari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari avtomobil transporti vositalarining ishonchliligi, iqtisodiyligi va ekologik xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi