OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MENEJMENTI TIZIMLARINI JORIY ETIShNING XALQARO BOZORLARGA ChIQISh VA MAHSULOT RAQOBATBARDOShLIGIGA TA’SIRI

Authors

  • F. M.Asilova Author

Keywords:

ISO 22000:2018, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi, HACCP, eksport salohiyati, xalqaro bozor, raqobatbardoshlik, sertifikatlashtirish, muvofiqlikni baholash, xavflarni boshqarish, oziq-ovqat zanjiri, sifat menejmenti, xalqaro standartlar, iste’molchilar ishonchi.

Abstract

Mazkur maqolada oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimlarining xalqaro bozorlarga chiqish, eksport salohiyatini oshirish hamda mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. ISO 22000:2018 xalqaro standartining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni, uni oziq-ovqat zanjirida ishtirok etuvchi tashkilotlarda joriy etishning afzalliklari va iqtisodiy samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, standart talablarini amalga oshirish orqali mahsulot sifati va xavfsizligini kafolatlash, iste’molchilar ishonchini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda xalqaro savdo talablariga muvofiqlikni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida ISO 22000 standartining oziq-ovqat xavfsizligini boshqarishdagi ahamiyati, uning HACCP tamoyillari bilan uyg‘unligi va korxonalar faoliyatiga ta’siri tahlil qilingan. Maqolada O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalarida mazkur standartni joriy etish holati, mavjud muammolar va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy takliflar berilgan.

Author Biography

  • F. M.Asilova

    Toshkent davlat agrar universiteti, assistent

     

References

Published

2026-06-07