ZAMONAVIY KOMPYUTER TERMINOLOGIYASINING EVOLYUTSIYASI: INGLIZ VA O‘ZBEK RAQAMLI DISKURSINING QIYOSIY LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI

Authors

  • Bozorova Viloyat Muzaffarovna Author

Keywords:

Leksik-semantik evolyutsiya, kompyuter terminologiyasi, raqamli diskurs, konseptual metafora, semantik kengayish, kalkalash, fonetik o‘zlashma, agglyutinatsiya, gibrid terminlar.

Abstract

Ushbu maqolada axborot texnologiyalari (AT) asrida jadallik bilan shakllanayotgan va rivojlanayotgan zamonaviy kompyuter terminologiyasining leksik-semantik tabiati tizimli ravishda tadqiq etilgan. Izlanish davomida genealogik va tipologik jihatdan butunlay boshqa oilalarga mansub bo‘lgan ikki til — analitik tuzilishga ega ingliz tili hamda agglyutinativ tabiatsiyali o‘zbek tili raqamli diskursining o‘zaro aloqadorligi, o‘xshash va farqli jihatlari qiyosiy tahlilga tortildi. Tadqiqotda ingliz tilidagi terminlarning maishiy va umumiste’moldagi so‘zlarning qayta semantizatsiyalashuvi hamda konseptual metaforik ko‘chishi natijasida yuzaga kelishi, o‘zbek tilida esa ushbu tushunchalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri fonetik o‘zlashtirilishi, kalkalanishi (so‘zma-so‘z tarjimasi) hamda tub o‘zbekcha so‘zlarning ichki imkoniyatlari doirasida semantik kengayishi jarayonlari qiyosiy-tipologik metod orqali yoritildi. Shuningdek, soha vakillarining professional jargonlari nutqiy muomalada tildagi mavjud grammatik qonuniyatlarga qanday bo‘ysunishi morfologik sintez nuqtai nazaridan baholandi.

Author Biography

  • Bozorova Viloyat Muzaffarovna

    Buxoro davlat universiteti, Xorijiy tillar fakulteti,

    Fakultetlararo chet tillar kafedrasi katta o’qituvchisi

References

Published

2026-06-07