SOMATIK MAQOLLAR MISOLIDA INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARINING LISONIY OLAM MANZARASI VA SEMANTIKASI

Authors

  • Maksudova Mohigul Usmonovna Author

Keywords:

Lisoniy olam manzarasi, somatizm, paremiologiya, konseptual metafora, semantika, lingvokulturologiya, ingliz tili, o‘zbek tili, pragmatizm, kollektivizm.

Abstract

Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiyaning eng dolzarb tushunchalaridan biri bo‘lgan "lisoniy olam manzarasi" somatik paremiyalar (tana a’zolari nomlari ishtirok etgan xalq maqollari) misolida tadqiq etiladi. Tadqiqot obyekti sifatida genealogik va tarkibiy jihatdan turlicha bo‘lgan ingliz va o‘zbek tillari tanlab olingan. Maqolada inson tanasi elementlarining mavhum ijtimoiy, axloqiy va psixologik tushunchalarni ifodalashda qanday konseptual metaforalarga asoslanishi va ularning semantik tabiati qiyosiy tahlil qilingan. Inson anatomiyasining universal xususiyatlariga qaramay, har ikki xalqning tarixiy tajribasi, turmush tarzi va milliy mentaliteti ushbu somatizmlarning semantik strukturasi va dunyoqarash ko‘lamini turlicha shakllantirgani dalillar yordamida ochib berilgan.

Author Biography

  • Maksudova Mohigul Usmonovna

    Buxoro davlat universiteti, Xorijiy tillar fakulteti,

    Fakultetlararo chet tillar kafedrasi katta o’qituvchsi

References

Published

2026-06-07