AKSIZ SOLIG‘I BUXGALTERIYA HISOBINI MILLIY STANDARTLAR VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Keywords:
Aksiz solig‘i, BHMS, 21-sonli BHMS, raqamli texnologiyalar, 1C: Buxgalteriya, Didox, My.soliq.uz, soliq majburiyati.Abstract
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) doirasida aksiz solig‘i buxgalteriya hisobini tashkil etish va takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Maqolada aksiz osti tovarlari bilan operatsiyalar bajaruvchi sub’ektlarda (Komfort Inert Servis MCHJ ma’lumotlari tahlili misolida) soliq majburiyatlarini hisoblashda raqamli dasturlar (1C: Buxgalteriya 8, Didox.uz, My.soliq.uz) va API-integratsiyaning o‘rni tahlil qilingan. Shuning bilan birga, milliy schyotlar rejasida chegiriladigan va chegirilmaydigan aksiz oqimlarini hisobga olishni optimallashtirish uchun yangi sub-schyotlar mexanizmi hamda elektron hisob-fakturalardagi MXIK kodlari yordamida jarayonni to‘liq avtomatlashtirish modeli taklif etilgan.