BIR KOVUSHLI KON EKSKAVATORLARINING ELEKTR YUITMALARINI RAQAMLI BOSHQARISH VA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BOSHQARISH USULLARINI TADQIQ QILISH

Authors

  • Umirzaqov O‘tamurod Toshtemir o‘g‘li Author

Keywords:

bir kovushli kon ekskavatori, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, elektr yuritma, mikroprotsessorli kontroller, raqamli texnologiyalar, texnik holat monitoringi, energiya samaradorligi, konchilik avtomatikasi, real vaqt monitoringi, avariyaviy himoya, sanoat kompyuteri, intellektual boshqaruv tizimi.

Abstract

Mazkur maqolada bir kovushli kon ekskavatorlarining elektr yuritmalarini avtomatlashtirilgan boshqarish hamda kompyuter texnologiyalariga asoslangan funksional diagnostika tizimlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ekskavatorlarning qazish jarayoni, ishchi mexanizmlarining harakatini muvofiqlashtirish va energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan avtomatik boshqaruv tamoyillari tahlil qilingan. Ko‘tarish, bosim va aylantirish mexanizmlarining elektr yuritmalarini mikroprotsessorli kontrollerlar yordamida boshqarishning afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, elektr yuritmalarning texnik holatini real vaqt rejimida nazorat qilish, nosozliklarni dastlabki bosqichlarda aniqlash va avariyaviy holatlarning oldini olish imkonini beruvchi funksional diagnostika tizimining tuzilishi va ishlash prinsiplari bayon etilgan. Tadqiqot natijalari ekskavatorlarning ish unumdorligini oshirish, energiya tejamkorligini ta’minlash hamda ekspluatatsion ishonchliligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Author Biography

  • Umirzaqov O‘tamurod Toshtemir o‘g‘li

    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi asisstenti

    Tel.: +99894-481-81-41, E-mail: utamurod1992@mail.com

References

Published

2026-06-06