ELEKTROMOBIL BATAREYALARINING EKSPLUATATSION QARISHI VA XIZMAT MUDDATINI UZAYTIRISH OMILLARI
Keywords:
elektromobil, batareya qarishi, SOC, DoD, C-rate, kalendar qarish, siklik qarish, BMS, xizmat muddati.Abstract
Ushbu maqolada elektromobil batareyalarining ekspluatatsion qarishi, sig‘im yo‘qotilishi va xizmat muddatini uzaytirish omillari tahlil qilindi. Elektromobil batareyasining qarishi ikki asosiy shaklda namoyon bo‘ladi: kalendar qarish va siklik qarish. Kalendar qarish avtomobil ishlatilmagan holatda ham vaqt o‘tishi bilan yuz beradi, siklik qarish esa zaryadlash va razryadlash jarayonlari natijasida shakllanadi. Tadqiqotda SOC, DoD, C-rate, batareya kimyoviy tarkibi, BMS algoritmlari va foydalanuvchi haydash uslubining batareya xizmat muddatiga ta’siri tahlil qilindi. 2024-yilgi ilmiy tadqiqotlarda yuqori SOC diapazonlari va zaryad holatining ekstremal chegaralari batareya degradatsiyasini tezlashtirishi, 70–85% SOC oralig‘ida esa qarish nisbatan sekin kechishi ko‘rsatilgan.