ZAMONAVIY KASB-HUNAR TA’LIMIDA TADBIRKORLIK KO‘NIKMALARINI (SOFT SKILLS) SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI
Keywords:
kasb-hunar ta’limi, professional ta’lim, soft skills, tadbirkorlik ko‘nikmalari, integratsiyalashgan o‘qitish, mehnat bozori, pedagogik innovatsiya, keys-stadi, keys-metod, kreativ fikrlash, ijtimoiy kapital.Abstract
ushbu maqolada zamonaviy professional va kasb-hunar ta’limi tizimida bo‘lajak mutaxassislarning tadbirkorlik ko‘nikmalari hamda “moslashuvchan ko‘nikmalar”ini (soft skills) shakllantirish jarayonidagi mavjud tizimli muammolar, pedagogik ziddiyatlar va ularning yechimlari tahlil qilinadi. Mehnat bozorining keskin o‘zgarishi va texnologik iqtisodiyot sharoitida faqatgina tor doiradagi professional (“hard skills”) bilimlarning yetarsizligi amaliy misollar yordamida ko‘rsatib berilgan. Maqolada kasb-hunar kollejlari va texnikumlarda tadbirkorlik tafakkurini uyg‘otish, O’quvchilarda yetakchilik, kommunikativlik, muammolarni kreativ hal qilish xislatlarini rivojlantirishning metodik asoslari hamda o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.