IKKI TILDA SO‘ZLAY OLISHNING SHAXSIY, AKADEMIK VA PROFESSIONAL RIVOJLANISHDAGI ROLI
Keywords:
Ikki tillilik; Globallashuv; Kognitiv rivojlanish; Madaniy ong; Ko‘p tillilik; Ta’lim; Madaniyatlararo muloqotAbstract
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida ikki tillilikning shaxsiy, akademik va professional rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Unda ikki yoki undan ortiq tillarda so‘zlasha olish insonning intellektual o‘sishi, madaniy tafakkuri va kasbiy imkoniyatlarini kengaytirishi yoritilgan. Lotincha bilinguis — “ikki tilda so‘zlashuvchi” atamasidan olingan “ikki tillilik” tushunchasi qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lib, bugungi jamiyatda ham muhim ahamiyatga ega. Maqolada Tsitseron va Seneka kabi tarixiy shaxslarning lotin va yunon tillarida so‘zlasha olganligi misolida ko‘p tillilikning qadimdan intellektual va madaniy yuksalish belgisi bo‘lgani isbotlanadi. Shuningdek, ikki tilli shaxslarning kognitiv moslashuvchanligi, empatiyasi va turli madaniy muhitlarga moslashish qobiliyati bugungi globallashgan dunyoda zarur fazilatlari haqida so’z boradi.