O‘ZBEK, INGLIZ VA RUS XALQ ERTAKLARIDA BAXT KONSEPSIYASI
Keywords:
folklor, xalq ertaklari, baxt konsepsiyasi, qiyosiy adabiyotshunoslik, o‘zbek folklori, ingliz folklori, rus folklori, milliy mentalitet, poetik obraz.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek, ingliz va rus xalq ertaklarida baxt konsepsiyasining badiiy-falsafiy talqini qiyosiy adabiyotshunoslik tamoyillari asosida tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida turli xalqlar folkloridagi baxt tushunchasining poetik ifodasi, uning milliy mentalitet, tarixiy-madaniy muhit hamda axloqiy-estetik qarashlar bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. O‘zbek xalq ertaklarida baxtning ko‘proq oilaviy farovonlik, axloqiy komillik va jamoaviy qadriyatlar bilan, ingliz ertaklarida individual muvaffaqiyat, shaxsiy erkinlik va ijtimoiy yuksalish bilan, rus xalq ertaklarida esa adolat, taqdir va mo‘jizaviy najot motivlari bilan aloqador holda badiiy talqin etilishi yoritiladi. Shuningdek, ertaklarda baxt konsepsiyasining syujet qurilishi, qahramon xarakteri va ramziy obrazlar tizimidagi funksiyasi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari folklor poetikasida baxt konsepsiyasi universal g‘oyaviy kategoriya bo‘lishi bilan birga, har bir xalqning o‘ziga xos ma’naviy-estetik dunyoqarashini aks ettiruvchi milliy-madaniy hodisa ekanini ko‘rsatadi.