MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Keywords:
matematika ta’limi, raqamli texnologiyalar, interaktiv ta’lim, elektron resurslar, multimedia, GeoGebra, masofaviy ta’lim, innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘quv samaradorligi.Abstract
Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik va amaliy afzalliklari yoritilgan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interaktiv platformalar, elektron darsliklar, mobil ilovalar va multimedia vositalari yordamida o‘quvchilarning matematik bilimlarini samarali shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar o‘quv jarayonining sifatini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda murakkab matematik tushunchalarni vizual tarzda tushuntirishda muhim vosita sifatida xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, masofaviy ta’lim sharoitida matematika fanini o‘qitishning samaradorligini oshirishda raqamli vositalarning ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari matematika ta’limida innovatsion yondashuvlardan foydalanish o‘quvchilarning fanga qiziqishi va o‘zlashtirish darajasini sezilarli ravishda oshirishini ko‘rsatadi.