RAQAMLI TA’LIMGA O‘TISH JARAYONIDA PEDAGOGIK VA TASHKILIY MUAMMOLARNI BARTARAF ETISHNING INNOVATSION METODIKASI
Keywords:
raqamli ta’lim, raqamli transformatsiya, pedagogik muammolar, tashkiliy muammolar, innovatsion metodika, LMS, sun’iy intellekt, adaptiv ta’lim, raqamli kompetensiya.Abstract
Maqolada zamonaviy ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonida yuzaga kelayotgan pedagogik va tashkiliy muammolar kompleks tahlil qilingan hamda ularni bartaraf etishning innovatsion metodikasi ishlab chiqilgan. Tadqiqot davomida oliy ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq muammolar aniqlanib, ularning ta’lim sifati va samaradorligiga ta’siri baholangan. Shuningdek, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, adaptiv ta’lim tizimlarini joriy etish va raqamli boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari innovatsion metodikani amaliyotga tatbiq etish pedagogik samaradorlikni sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.