O‘ZBEKISTON EKSPORT SALOHIYATINI DIVERSIFIKATSIYA QILISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI VA UNI BAHOLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Keywords:
eksport salohiyati, diversifikatsiya, tashqi savdo, eksport tarkibi, Herfindahl–Hirschman indeksi, iqtisodiy o‘sish, raqobatbardoshlik.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini diversifikatsiya qilish zarurati, uning iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni hamda eksport tarkibini baholashning nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida mamlakat eksportining tarmoq va geografik tarkibi tahlil qilinib, eksport diversifikatsiyasi darajasini aniqlashda Herfindahl–Hirschman indeksi, eksport konsentratsiyasi koeffitsienti va mahsulot diversifikatsiyasi ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan. Olingan natijalar O‘zbekiston eksportida xomashyo mahsulotlari ulushining yuqoriligini saqlab qolayotganini, biroq so‘nggi yillarda xizmatlar eksporti, to‘qimachilik sanoati va axborot texnologiyalari eksportining o‘sishi diversifikatsiya jarayonlarini jadallashtirayotganini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.