LISTENING SKILLNI O‘STIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Keywords:
sun’iy intellekt, listening skill, tinglab tushunish, nutqni tanish, adaptiv ta’lim, interaktiv audio, talaffuz, aksent, real vaqtli tahlil, individual yondashuv.Abstract
Mazkur maqolada chet tilini o‘rganishda tinglab tushunish (listening skill) ko‘nikmasini rivojlantirishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati ilmiy-metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Tinglab tushunish ko‘pincha til o‘rganuvchilar uchun eng murakkab ko‘nikmalardan biri hisoblanadi, chunki u real vaqtda fonetik, leksik va grammatik bilimlarni bir vaqtning o‘zida qo‘llashni talab qiladi. Sun’iy intellekt asosida ishlaydigan vositalar (ovozni matnga aylantiruvchi dasturlar, interaktiv audio materiallar, nutqni tahlil qiluvchi platformalar, adaptiv tinglash dasturlari) foydalanuvchilarga individual yondashuv, real vaqtli tahlil, turli xil aksent va nutq tezligidagi materiallar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. Maqolada SI vositalarining an’anaviy tinglash usullariga nisbatan samaradorligi statistik ma’lumotlar va tadqiqot natijalari asosida yoritilgan bo‘lib, shuningdek, SI texnologiyalarining cheklovlari (kontekstni to‘liq tushunmaslik, madaniy xususiyatlarni e’tiborsiz qoldirish, real suhbatdoshning intonatsiya va emotsiyalarini yetarlicha uzata olmaslik) ham tahlil qilinadi. Maqola talabalar, o‘qituvchilar, til o‘rganish metodistlari va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan