ESG OMILLARINING KORXONA MOLIYAVIY NATIJALARIGA TA’SIRI

Authors

  • Bositova Samiya Bahodir qizi Author

Keywords:

ESG, ekologik omillar, ROA(aktivlar rentabelligi), ROE(xususiy kapital rentabelligi), OECD(Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti), korporativ boshqaruv, moliyaviy natijalar, barqaror rivojlanish, korporativ samaradorlik.

Abstract

Mazkur maqolada ESG omillarining korxona moliyaviy natijalariga ta’siri ilmiy manbalar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari hamda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida ESG ko‘rsatkichlarining korxona rentabelligi, bozor qiymati, investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari va moliyaviy barqarorligiga ta’siri tahlil qilindi. Xususan, ekologik tashabbuslarning resurslardan samarali foydalanish va xarajatlarni kamaytirishga, ijtimoiy mas’uliyatning xodimlar samaradorligi hamda korxona obro‘sini oshirishga, korporativ boshqaruvning esa investorlar ishonchini mustahkamlash va kapital bozorlaridagi mavqeini yaxshilashga xizmat qilishi yoritib berildi.

Shuningdek, maqolada ESG tamoyillarini korporativ boshqaruv tizimiga integratsiya qilishning afzalliklari, ularni amaliyotga joriy etishda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqilgan. O‘tkazilgan tahlillar natijasida ESG yondashuvlarini samarali qo‘llayotgan korxonalar uzoq muddatli istiqbolda yuqori moliyaviy natijalarga erishishi, risklarni samaraliroq boshqarishi hamda raqobatbardoshligini mustahkamlashi aniqlangan. Tadqiqot yakunida ESG tamoyillarini korxonalar faoliyatiga keng joriy etish nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshirish, balki barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ham muhim omil ekanligi asoslab berilgan.

Author Biography

  • Bositova Samiya Bahodir qizi

    Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti

    UOS BA (HONS) Buxgalteriya hisobi va moliya fakulteti talabasi

    bositovasamiya@gmail.com

References

Published

2026-06-03