O‘ZBEKISTON SHAROITIDA YASHIL BUXGALTERIYANI RIVOJLANTIRISH VA TASHKIL ETISH XUSUSIYATLARI
Keywords:
yashil buxgalteriya, ekologik xarajatlar hisobi, barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, ekologik hisobot, tabiiy resurslarni boshqarish, ekologik risklar, barqarorlik hisoboti.Abstract
Yashil buxgalteriya bugungi kunda dunyo miqyosida dolzarb va muhim ilmiy-iqtisodiy kategoriya sifatida shakllanib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida ham yashil buxgalteriya hisobini tashkil etish va amaliyotga joriy qilishga qaratilgan islohotlarning dastlabki bosqichlari amalga oshirilmoqda. Atrof-muhit bilan bevosita bog‘liq faoliyat yurituvchi tashkilotlar uchun dolzarb bo‘lib kelayotgan muammolarga samarali yechim topish maqsadida yashil buxgalteriya hisobini joriy etish masalalari ilmiy va amaliy jihatdan ilgari surilmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida yashil buxgalteriya hisobini tashkil etishning afzalliklari, ekologik xarajatlarni hisobga olish tizimi hamda uning global iqtisodiyotdagi o‘rni yoritilgan. Mamlakatimizda kuzatilayotgan asosiy ekologik muammolar — havoning ifloslanishi, suv resurslarining tanqisligi hamda atrof-muhit degradatsiyasi sharoitida yashil buxgalteriya tizimi investitsiyalarni jalb qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda yashil buxgalteriya hisobini joriy etish jarayonida ayrim muammolar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud bo‘lib, buning asosiy sababi sifatida milliy standartlarning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi hamda ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar hajmining cheklanganligi ko‘rsatiladi. Mazkur maqolada aynan shu muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.