ANIQLIK VA NOANIQLIK KATEGORIYASINING LINGVISTIK TASNIFI

Authors

  • G’iyosov Dilshod Author

Keywords:

Nakra, marifa, aniqlik, noaniqlik, artikl, katigoriya, ال artikli, zamirlar, atoqli otlar, nido, izofa.

Abstract

Maqola arab tilidagi aniqlik (المعرفة) va noaniqlik (النكرة) artikllarining grammatik tuzilishi va ularning sintaktik-semantik rollarini o‘rganadi. Ushbu tushunchalar arab tilining nahv ilmining asosiy elementlari bo‘lib, so‘zlarning kontekstdagi ma’nosini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Maqolada aniqlikning asosiy vositasi sifatida “ال” (alif-lom) artikli, noaniqlikning esa tanvin orqali ifodalanishi tahlil qilinadi. “ال” artiklining shamsiy va qamariy harflarga ta’siri, maxsuslik, jins va oldindan ma’lumlik kabi kontekstlarda qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, aniqlikning boshqa turlari, masalan, ism shaklidagi so‘zlar va kontekstga bog‘liq aniqlik usullari ham yoritiladi. Maqola Ibn Molikning “Alfiya” asari va Ibn Aqilning sharhlariga tayanib, Qur’ondan misollar keltiradi. Tadqiqot aniqlik va noaniqlik artikllarining arab tilidagi grammatik tuzilishini chuqur tushunishga yordam beradi va arab tili lingvistikasi bilan shug‘ullanuvchilar uchun muhim manba hisoblanadi.

References

Published

2026-06-03