INSONNING REPRODUKTIV SALOMATLIGINI TAʼMINLASHNING YASHASHGA BOʻLGAN KONSTITUTSIYAVIY HUQUQNI AMALGA OSHIRISHDAGI OʻRNI
Keywords:
reproduktiv salomatlik, yashash huquqi, konstitutsiyaviy huquq, reproduktiv huquqlar, sogʻliqni saqlash huquqi, xalqaro standartlar, yordamchi reproduktiv texnologiyalar, bioetika, informatsiyalangan rozilik, onalar oʻlimi.Abstract
Ushbu maqolada insonning reproduktiv salomatligini taʼminlashning yashashga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirishdagi oʻrni IMRAD metodologiyasi asosida kompleks konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda reproduktiv salomatlik tushunchasining huquqiy tabiati, uni tartibga soluvchi milliy va xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar, reproduktiv huquqlarni taʼminlashda yuzaga keluvchi amaliy muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari koʻrib chiqilgan. Yashash huquqi, sogʻliqni saqlash huquqi va reproduktiv huquqlar oʻrtasidagi konstitutsiyaviy bogʻliqlik ilmiy-nazariy asosda isbotlangan. Xalqaro standartlar, xorijiy davlatlar tajribasi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi qiyosiy-huquqiy tahlil qilinib, milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.