RAQAMLI INNOVATSIYALAR SHAROITIDA MEHMONXONA XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING IQTISODIY-TASHKILIY MODELI
Keywords:
mehmonxona xo‘jaligi, xizmatlar samaradorligi, raqamli innovatsiyalar, iqtisodiy-tashkiliy model, raqamli boshqaruv, PMS tizimi, CRM tizimi, xizmatlar sifati, raqamli iqtisodiyot.Abstract
Mazkur maqolada raqamli innovatsiyalar sharoitida mehmonxona xizmatlari samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda mehmonxona xo‘jaligi faoliyatining iqtisodiy-tashkiliy tuzilmasi, uning samaradorlikka ta’sir etuvchi asosiy omillari hamda raqamli texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati tahlil qilingan. PMS va CRM tizimlari, onlayn bronlash platformalari hamda raqamli boshqaruv mexanizmlarining mehmonxona xizmatlari sifati va iqtisodiy natijalarga ta’siri yoritib berilgan. Shuningdek, raqamli innovatsiyalar asosida mehmonxona xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy-tashkiliy model taklif etilgan. Tadqiqot natijalari mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini modernizatsiya qilish, boshqaruv samaradorligini oshirish va raqobatbardoshlikni ta’minlashda amaliy ahamiyatga ega.