ISPAN VA O‘ZBEK PAREMIOLOGIYASIDA “ODAM” KONSEPTINING SEMANTIK HAMDA MADANIY TALQINI
Keywords:
paremiologiya, konsept, odam konsepti, kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyat, semantika, maqol, matal, milliy mentalitet, qiyosiy tahlil, ispan tili, o‘zbek tili, xalq hikmatlari, konseptual maydon.Abstract
Mazkur maqolada ispan va o‘zbek paremiologiyasida “odam” konseptining semantik hamda lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida maqol, matal va xalq hikmatlarida inson obrazi, uning axloqiy fazilatlari, ijtimoiy munosabatlari, xarakteri va dunyoqarashi qanday ifodalanishi o‘rganiladi. Shuningdek, ispan va o‘zbek xalqlarining milliy tafakkuri, mentaliteti hamda madaniy qadriyatlari “odam” konsepti orqali namoyon bo‘lishi tahlil etiladi. Paremiologik birliklarning semantik qatlamlari, konseptual maydoni va kognitiv mazmuni aniqlanib, ikki til o‘rtasidagi o‘xshash hamda farqli jihatlar yoritiladi. Tadqiqot natijalari kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik va qiyosiy paremiologiya sohalarida muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.