YOG‘ TO‘QIMASI TOMONIDAN ISHLAB CHIQARILADIGAN GORMONLAR (ADIPOKINLAR) VA ULARNING ORGANIZMDAGI BIOLOGIK AHAMIYATI
Keywords:
Yog‘ to‘qimasi, adipokinlar, leptin, adiponektin, rezistin, visfatin, metabolik sindrom, semizlik, insulin rezistentlik, yallig‘lanish, endokrin tizim, 2-tip diabet.Abstract
Ushbu maqolada yog‘ to‘qimasi (adipose tissue) tomonidan ishlab chiqariladigan gormonlar — adipokinlarning organizmdagi biologik ahamiyati o‘rganildi. Yog‘ to‘qimasi ilgari faqat energiya zaxirasi sifatida qaralgan bo‘lsa-da, zamonaviy tadqiqotlar uning endokrin organ sifatida faol ishlashini ko‘rsatadi. Maqolada leptin, adiponektin, rezistin va visfatin kabi asosiy adipokinlarning metabolik jarayonlar, immun javob, yallig‘lanish mexanizmlari hamda yurak-qon tomir tizimiga ta’siri tahlil qilindi. Adabiyotlar tahlili asosida adipokinlar muvozanatining buzilishi semizlik, 2-tip diabet, metabolik sindrom va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishida muhim rol o‘ynashi aniqlandi. Natijalar yog‘ to‘qimasining endokrin funksiyasi zamonaviy tibbiyotda muhim diagnostik va terapevtik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.