“MA’LUMOTLARNI IMPORT VA EKSPORT QILISH ”
Keywords:
HTML, excel,matn, fayl, azure, mbbtAbstract
Access dasturining foydali xususiyatlaridan biri – bu unda ma’lumotlarni eksport va import qilish imkoniyatlarining mavjudligidir. Accessning import xususiyati orqali ma’lumotlar boshqa dasturlarda yaratilgan fayllardan yuklab olinadi. Eksport xususiyati orqali esa o‘zidagi ma’lumotlarni boshqa dastur fayl formatida saqlaydi. Ma’lumotlar bazasiga kerakli ma’lumotlarni boshqa fayllardan yuklash ish samaradorligining oshishiga xizmat qiladi. Shuningdek, bazadagi ma’lumotlarning bir qismi turli fayl formatlarida saqlansa, keyinchalik ulardan boshqalar foydalanishi mumkin. Microsoft Access dasturida ma’lumotlarni import va eksport qilish quyidagilar bilan amalga oshiriladi: fayllardan: Excel; HTML; XML; matn (TXT yoki RTF fayl formatlaridan); MBBTlardan: Microsoft Access; Microsoft SQL server; Azure; dBASE; online servis xizmatlaridan: SharePoint ma’lumotlarga xizmat ko‘rsatish tizimi; Microsoft Outlook elektron pochta tizimi.