RUKOLA BARGLARINING KIMYOVIY TARKIBI VA BIOLOGIK FAOLLIGI
Keywords:
Rukola, Eruca sativa, kimyoviy tarkib, biologik faollik, glukozinolatlar moylari, sog‘lom, antioksidantlar, dorivor o‘simlik, vitaminlar, efir ovqatlanish.Abstract
Ushbu maqolada rukola (Eruca sativa) o‘simligi barglarining kimyoviy tarkibi va biologik faolligi o‘rganiladi. Tadqiqotlar rukola barglarida organizm uchun muhim bo‘lgan bioaktiv birikmalar – vitaminlar (A, C, K), minerallar (kaltsiy, temir, magniy), antioksidantlar, glukozinolatlar hamda efir moylari mavjudligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, glukozinolatlar va ularning gidroliz mahsulotlari bo‘lgan izotiyosiyanatlar saratonga qarshi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Maqolada ushbu moddalarning inson salomatligiga ta’siri, ularning terapevtik imkoniyatlari va rukolani dorivor o‘simlik sifatida qo‘llash istiqbollari tahlil qilinadi. Shuningdek, kimyoviy tarkibga atrof-muhit omillarining ta’siri va biofaollikni oshirish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi.