TAGETES (TAGETES) GULINI KO‘PAYTIRISH AGROTEXNIKASI

Authors

  • Xakimova Maloxat Xolmuratovna Author
  • Xakimova Maloxat Xolmuratovna Author
  • Sotiboldiyev Otabek Erkin oʻgʻli Author

Keywords:

tagetes, manzarali o‘simliklar, urug‘ orqali ko‘paytirish, agrotexnika, unuvchanlik, o‘g‘itlash, ko‘kalamzorlashtirish.

Abstract

Ushbu maqolada Tagetes (tagetes) gulini urug‘ orqali ko‘paytirish agrotexnikasi, uning biologik xususiyatlari hamda yetishtirish texnologiyasi o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida tagetes o‘simligining turli tuproq sharoitlarida o‘sishi, urug‘larning unuvchanligi va o‘simliklarning rivojlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tajriba uch xil variantda: oddiy tuproq, mineral o‘g‘it qo‘shilgan tuproq va organik o‘g‘it qo‘shilgan tuproqda olib borildi. Har bir variantda 50 tadan urug‘ ekilib, unish foizi, o‘simliklarning o‘sish balandligi va gullash boshlanish muddati o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, organik o‘g‘it qo‘shilgan tuproqda urug‘larning unish darajasi yuqori bo‘lib, o‘simliklarning rivojlanishi va gullash jarayoni tezroq kechishi aniqlangan. Maqolada tagetes o‘simligini yetishtirishda qo‘llaniladigan asosiy agrotexnik tadbirlar, sug‘orish, o‘g‘itlash, tuproqni parvarish qilish hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash usullari ham yoritilgan. Olingan natijalar tagetes o‘simligini bog‘ va parklarni ko‘kalamzorlashtirishda, landshaft dizaynida hamda manzarali gulzorlar tashkil etishda samarali qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi.

Author Biographies

  • Xakimova Maloxat Xolmuratovna

    Qishloq xo‘jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).,

    Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

  • Xakimova Maloxat Xolmuratovna

    Qishloq xo‘jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).,

    Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

  • Sotiboldiyev Otabek Erkin oʻgʻli

    Toshkent davlat agrar universiteti magistranti

References

Published

2026-06-02