MOTIVATSION YONDASHUV ASOSIDA TANQIDIY FIKRLASH KOMPETENSIYASINING KONSEPTUAL MODELI
Keywords:
Tanqidiy fikrlash, konseptual model, motivatsion yondashuv, kompetensiya, refleksiya, metakognitsiya, oliy ta‘lim, kognitiv jarayon, mustaqil fikrlashAbstract
Motivatsion yondashuv asosida tanqidiy fikrlash kompetensiyasining konseptual modeli ishlab chiqilgan. Model tarkibida motivatsion, kognitiv, metakognitiv va faoliyatli komponentlar integratsiyalashgan bo‘lib, ulardagi ichki va tashqi motivlar, intellektual operatsiyalar, refleksiv boshqaruv va amaliy faoliyat o‘zaro bog‘langan. Ilmiy yangilik sifatida modelda motivatsion mexanizmlar tanqidiy fikrlashning harakatlantiruvchi kuchi sifatida belgilangan; kompetensiya rivojlanishining bosqichlari analitik va refleksiv aniqlangan, shuningdek, “motivatsion trigger” tushunchasi kiritilgan bo‘lib, u muammoli vaziyat va shaxsiy ahamiyatli topshiriqlar orqali fikrlash faolligini faollashtiruvchi vosita sifatida talqin etiladi. Model pedagogik amaliyotda qo‘llashga tayyor metodik yechimlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda motivatsiyaning ichki va tashqi omillari, pedagogik ta’sir vositalari hamda kognitiv jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Muallif tomonidan taklif etilgan model talabaning bilish faolligini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va asoslangan qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim jarayonini takomillashtirishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.