GENDER TENGLIGI VA UNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
Keywords:
gender tengligi, konstitutsiya, inson huquqlari, teng huquqlilik, ayollar huquqlari, erkaklar huquqlari, konstitutsiyaviy kafolatlar, kamsitish, fuqarolik jamiyati, demokratik davlat.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada gender tengligi tamoyilining nazariy-huquqiy mazmuni, uning inson huquqlari tizimidagi o‘rni hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan konstitutsiyaviy asoslari tahlil qilinadi. Gender tengligi demokratik va huquqiy davlatning muhim prinsiplaridan biri bo‘lib, ayollar va erkaklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hamda boshqa sohalarda teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishini nazarda tutadi. Maqolada gender tengligini ta’minlashning xalqaro-huquqiy asoslari, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlariga oid hujjatlari, ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro normalar hamda ularning milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi masalalari o‘rganilgan.