FOYDALANUVCHI PAROLLARINING MUSTAHKAMLIGINI BAHOLASHDA MASHINAVIY O‘RGANISH ALGORITMLARINING TAQQOSLAMA TAHLILI
Keywords:
Kiberxavfsizlik, Mashinali o’rganish, parol mustahkamligi, klassifikatsiya, Random Forest, neyron tarmoqlar, LSTM, gradient boosting, autentifikatsiya, suniy intellect.Abstract
Mazkur maqolada foydalanuvchi parollarining mustahkamligini baholash muammosi zamonaviy Kiberxavfsizlik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ananaviy qoidaviy yondashuvlarning cheklovlari ko’rsatilib, Mashinali o’rganish algoritmlariga asoslangan yondashuvlarning ustunliklari ilmiy asosda ochib beriladi. Xususan, logistik regressiya, qaror daraxtlari, Random Forest, gradient boosting va neyron tarmoqlar yordamida parol mustahkamligini baholash amalga oshiriladi hamda ularning samaradorligi taqqoslanadi. Tadqiqot natijalari ansambl va chuqur o’rganish modellarining yuqori aniqlik ko’rsatkichlariga ega ekanligini ko’rsatadi. Shuningdek, parol xavfsizligini baholashda lingvistik va kontekstual omillarni hisobga olish zarurligi asoslab beriladi. Olingan natijalar autentifikatsiya tizimlarini takomillashtirish va foydalanuvchi malumotlarini himoya qilish darajasini oshirishda muhim ahamiyatga ega.