KIBERJINOYATLARNI FOSH ETISH VA RAQAMLI KRIMALINISTIKADA OCHIQ KODLI OPERATSION TIZIMLAR (OPEN-SOURCE OS) VOSITALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Authors

  • A.A.Iminov Author
  • Rashidov Sharof Mansur oʻgʻli Author

Keywords:

kiberjinoyat, ochiq kodli operatsion tizimlar, Linux, raqamli kriminalistika, Kali Linux, CAINE, dalillarni olish, elektron dalil, ochiq manba (open-source).

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, kompyuter ekspertizalarini o‘tkazish va raqamli dalillarni tahlil qilishda ochiq kodli operatsion tizimlar (Linux platformalari) hamda ularning maxsus utilitalari (vositalari)ning o‘rni yoritilgan. Maqolada Kali Linux, CAINE, Tsurugi Linux kabi ochiq kodli maxsus operatsion tizimlarning ichki kriminalistik imkoniyatlari, operativ xotira (RAM) va qattiq disklar (HDD/SSD) bilan ishlash mexanizmlari qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, ochiq kodli vositalardan foydalanishning iqtisodiy, xavfsizlik va protsessual afzalliklari o‘rganilib, milliy sud-tergov amaliyotiga raqamli kriminalistika sohasida ochiq manbali tizimlarni joriy etish va kadrlar malakasini oshirish masalalari bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.

Author Biographies

  • A.A.Iminov

    IIV Akademiyasi Raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi kafedrasi boshligʻi, fizika matematika fanlari nomzodi dotsent

  • Rashidov Sharof Mansur oʻgʻli

    IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim

    3-bosqich 315-guruh kursanti safdor

References

Published

2026-05-30