PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI TOMONIDAN SHAXSNING HAYOTI VA SOG‘LIG‘IGA QARSHI QARATILGAN JINOYATLARNI OLDINI OLISHDA DAVLAT ORGANLARI VA JAMOAT TUZILMALARI BILAN O‘ZARO HAMKORLIKNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
profilaktika inspektori, hayot va sog‘liq, huquqbuzarliklar profilaktikasi, oilaviy-maishiy jinoyatlar, idoralararo hamkorlik, jamoat tuzilmalari, mahalla, barvaqt oldini olishAbstract
Ushbu ilmiy maqolada ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari, xususan, profilaktika inspektorlarining shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi qaratilgan jinoyatlarning (qasddan odam o‘ldirish, tan jarohati yetkazish, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish ва b.) barvaqt oldini olish borasidagi faoliyati tadqiq etilgan. Maqolada profilaktika inspektorlarining boshqa davlat organlari, sog‘liqni saqlash, bandlik muassasalari hamda mahalla jamg‘armasi, xotin-qizlar faollari kabi jamoat tuzilmalari bilan o‘zaro ijtimoiy-huquqiy hamkorligining bugungi holati qiyosiy tahlil qilingan. O‘tkazilgan tahlillar asosida hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, oilaviy-maishiy nizolarni barvaqt bartaraf etish va o‘zaro axborot almashinuvi tizimini raqamlashtirish orqali hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.