NOMUSGA TEGISH JINOYATLARINI OLDINI OLISH VA FOSH ETISHNING ZAMONAVIY KRIMINALISTIK HAMDA TERGOV TAKTIKASI XUSUSIYATLARI

Authors

  • Bafoyev Asadbek Uktamovich Author
  • R.N. Rahimxo‘jayev Author

Keywords:

nomusga tegish, tergov taktikasi, kriminologik profilaktika, sud-tibbiyot ekspertizasi, genoskopiya, mikroizlar, jabrlanuvchi psixologiyasi, jinsiy daxlsizlik.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada nomusga tegish jinoyatlarini barvaqt oldini olish, fosh etish va tergov qilish jarayonida kriminalistik texnika vositalaridan hamda o‘ziga xos tergov taktikasidan foydalanish muammolari yoritilgan. Maqolada jabrlanuvchining psixologik holatini inobatga olgan holda uni so‘roq qilish xususiyatlari, mikroizlar va biologik ashyoviy dalillarni to‘plashda sud-biologik (DNK) ekspertizasining roli tahlil qilingan. Shuningdek, jinoyatning kriminologik determinanti o‘rganilib, raqamli texnologiyalar yordamida hududiy tezkor profilaktika ishlarini takomillashtirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Author Biographies

  • Bafoyev Asadbek Uktamovich

    IIV Akademiyasi 3-o‘quv kursi
    301-guruh kursanti, safdor

  • R.N. Rahimxo‘jayev

    Ilmiy rahbar:         IIV akademiyasi Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi boshlig‘i, yu.f.b.f.d  (PhD) dotsent

References

Published

2026-05-30