PILLACHILIK BINOLARIDA MIKROIQLIM PARAMETRLARINI TA’MINLASH UCHUN ENERGIYA TEJAMKOR QURILMALARNI YARATISH

Authors

  • Barotov Qobuljon Author
  • Boboyev S.M. Author

Keywords:

Pillachilik, mikroiqlim, energiya tejamkor qurilmalar, ipak qurti, issiqlik izolyatsiyasi, shamollatish, ekologik barqarorlik, harorat va namlik nazorati, innovatsion texnologiyalar, pilla yetishtirish samaradorligi.

Abstract

Mazkur maqolada pillachilik binolarida ipak qurtini yetishtirish jarayonida zarur mikroiqlim parametrlarini ta’minlashning ilmiy va amaliy asoslari hamda energiya tejamkor qurilmalarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan. Maqolada mavjud pillachilik binolaridagi issiqlik, namlik va shamollatish kabi muhim mikroiqlim ko‘rsatkichlari, ularga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillar, energiya sarfini kamaytirishga yordam beradigan zamonaviy texnologiya va qurilmalar imkoniyatlari keng tahlil qilingan. Shuningdek, energiyadan samarali foydalanish, ekologik barqarorlik hamda ipak qurtining optimal rivojlanishiga yordam beruvchi iqlimiy muhitni yaratish bo‘yicha muallif tomonidan ilgari surilgan innovatsion texnologiyalar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Maqolaning yakunida ushbu tadqiqot asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar va dastlabki natijalar asosida bildirilgan xulosalar jamlangan.

Author Biographies

  • Barotov Qobuljon

    ( IPAK QURTINI YETISHTIRISH BINOLARI MISOLIDA)

    Samdaqu tayanch doktoranti

  • Boboyev S.M.

    Ilmiy rahbarim t.f.n. professor

References

Published

2026-05-28