TOSHKENT SHAHRIDAGI TRANSPORT TIRBANDLIKLARI: SABABLAR, OMILLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Muradullayeva Dilorom Azim qizi Author

Keywords:

transport tirbandliklari, avtomobillashuv, jamoat transporti, ekologik ifloslanish, aqlli transport tizimi, barqaror shahar rivojlanishi.

Abstract

Ushbu maqolada Toshkent shahridagi transport tirbandliklarining murakkab sabablari, ularga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va infratuzilmaviy omillar chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda shahar aholisi sonining jadal o‘sishi, avtomobillashuv darajasining keskin ko‘tarilishi, jamoat transporti tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi hamda yo‘l infratuzilmasining eskirishi kabi asosiy omillar statistik ma’lumotlar, Jahon banki hisobotlari va rasmiy statistika manbalari asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tirbandliklarning shahar iqtisodiyotiga (yillik 343 mln dollar zarar), ekologik holatiga (PM 2.5 zarralari va 3000 ga yaqin erta o‘lim holatlari) va aholining vaqt resurslariga salbiy ta’siri miqdoriy baholanadi. Maqolada xalqaro tajribaga (Singapur, Bogota va Kuritiba shaharlaridagi aqlli transport tizimlari va BRT loyihalari) asoslangan holda innovatsion yechimlar – aqlli transport tizimi (ITS), yagona Transportni boshqarish markazi (TMC), pullik parking va “Park-and-Ride” tizimlari taklif etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tirbandlik muammosini hal etish faqat yo‘llarni kengaytirish bilan cheklanmay, balki shaharsozlik siyosatini “odamlar uchun shahar” konsepsiyasi asosida qayta ko‘rib chiqish, jamoat transportini ustuvorlashtirish va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali mumkin. Maqola barqaror shahar rivojlanishi strategiyasini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, kelajakdagi ilmiy tadqiqotlar uchun asos yaratadi

Author Biography

  • Muradullayeva Dilorom Azim qizi

    Toshkent Davlat Transport unversiteti, SHQL-3-25 guruh talabasi

References

Published

2026-05-28