SURUNKALI YIRINGLI O‘RTA OTIT BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA COMOT-15 SO‘ROVNOMASI YORDAMIDA HAYOT SIFATINI BAHOLASH
Keywords:
Surunkali yiringli o‘rta otit, COMOT-15, hayot sifati, audiometriya, tinnitus.Abstract
Surunkali yiringli o‘rta otit dunyo bo‘yicha keng tarqalgan otorinolaringologik kasalliklardan biri bo‘lib, bemorlarning eshitish faoliyati, psixoemotsional holati hamda ijtimoiy faolligiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi surunkali yiringli o‘rta otit bilan kasallangan bemorlarda COMOT-15(Chronic Otitis Media Outcome Test-15) so‘rovnomasi yordamida hayot sifati ko‘rsatkichlarini baholashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqotga 72 nafar bemor jalb qilindi. Barcha bemorlarda otoskopiya, tonal audiometriya va COMOT-15 so‘rovnomasi o‘tkazildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eshitish pasayishi darajasi ortishi bilan hayot sifati ko‘rsatkichlari sezilarli yomonlashgani aniqlandi. Ayniqsa tinnitus, quloqdan ajralma va ijtimoiy cheklanishlar bemorlarning kundalik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. COMOT-15 surunkali yiringli o‘rta otitda hayot sifatini baholash uchun samarali diagnostik vosita ekanligi aniqlandi.