O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SHARTLI HUKM QILISH INSTITUTUNING HUQUQIY ASOSLARI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Keywords:
shartli hukm, Jinoyat kodeksi, jazo, insonparvarlik, sinov muddati, Probatsiya xizmati, sud amaliyoti, jinoyat-huquqiy siyosat.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqida shartli hukm qilish institutining huquqiy tabiati, uning mazmun-mohiyati va sud-huquq tizimidagi insonparvarlik tamoyili bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi normalari, sud amaliyoti hamda shartli hukm qilingan shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilishda Probatsiya xizmatining o‘rni o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada shartli hukm qilishni amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq muammolar va qonunchilikdagi ayrim bo‘shliqlar qiyosiy-huquqiy metodlar yordamida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot yakunida shartli hukm qilish institutini yanada takomillashtirish, sinov muddati davrida nazorat mexanizmlarini raqamlashtirish va milliy qonunchilikka samarali xalqaro tajribalarni tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.