ELEKTRON HUJJATLAR BAZASINI YARATISHNING NAZARIY VA TEXNOLOGIK ASOSLARI

Authors

  • Yuldashev Mirzohid Author
  • Abdumuxtorova Madina Alijon qizi Author

Keywords:

Elektron hujjatlar bazasi, veb-ilova, pedagoglar ma’lumotlari, HTML5, CSS3, Bootstrap 5, JavaScript, JSON, ma’lumotlar boshqaruvi, raqamlashtirish, responsive dizayn, avtomatlashtirish.

Abstract

Ushbu ishda maktab pedagoglari uchun elektron hujjatlar bazasini yaratishning nazariy asoslari va amaliy texnologiyalari yoritilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda pedagogik hujjatlarni elektron shaklda saqlash, boshqarish va tezkor qidirish imkonini beruvchi veb-ilova yaratish masalalari ko‘rib chiqilgan. Loyiha davomida HTML5, CSS3, Bootstrap 5, JavaScript hamda JSON texnologiyalaridan foydalanilgan bo‘lib, ular tizimning samaradorligi, qulayligi va moslashuvchanligini ta’minlaydi. Tadqiqot jarayonida HTML5 ning semantik teglaridan, CSS3 ning responsive dizayn imkoniyatlaridan, Bootstrap 5 freymvorkining tayyor komponentlaridan hamda JavaScript’ning zamonaviy ES6 imkoniyatlaridan samarali foydalanish usullari tahlil qilingan. Ma’lumotlarni saqlash va boshqarishda JSON formatidan foydalanilib, pedagoglar va ularning hujjatlari haqidagi ma’lumotlarni strukturali tarzda saqlash mexanizmi ishlab chiqilgan. Yaratilgan elektron hujjatlar bazasi pedagogik faoliyatga oid hujjatlarni tartibli yuritish, qidirish, filtrlash va yangilash imkonini beradi. Tizim maktab ma’muriyati ishini avtomatlashtirish, vaqt sarfini kamaytirish hamda hujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mazkur loyiha ta’lim muassasalarida raqamlashtirish jarayonini takomillashtirishga amaliy hissa qo‘shadi.

Author Biographies

  • Yuldashev Mirzohid
    Katta o’qituvchi, Andijon davlat texnika instituti
  • Abdumuxtorova Madina Alijon qizi
    Talaba, Andijon davlat texnika instituti

References

Published

2026-05-26