MADANIYAT MUASSASALARI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Keywords:
raqamlashtirish, madaniyat muassasalari, axborot texnologiyalari, elektron xizmatlar, raqamli transformatsiya, innovatsiya.Abstract
Mazkur maqolada madaniyat muassasalari faoliyatini raqamlashtirish jarayonining dolzarbligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida muzeylar, kutubxonalar, teatrlar, madaniyat markazlari va arxivlar faoliyatini raqamli transformatsiya qilish zarurati ortib bormoqda. Tadqiqot davomida infratuzilma yetishmovchiligi, moliyaviy cheklovlar, kadrlar salohiyati, axborot xavfsizligi va normativ-huquqiy masalalar asosiy muammolar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, raqamli platformalarni joriy etish, elektron xizmatlarni rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish va davlat-xususiy sheriklik asosida investitsiyalarni jalb qilish kabi amaliy yechimlar taklif etiladi.