O‘ZBEK VA INGLIZ MATBUOT MATNLARIDA SINTAKTIK VA STRUKTURAVIY MODELLARNING DISKURSIV FUNKSIYALARI

Authors

  • Fayyoza Kamolova Mirza qizi Author

Keywords:

sintaktik mexanizmlar, strukturaviy mexanizmlar, passiv konstruktsiyalar, sintaktik parallelizm, takror strategiyasi, o‘zbek matbuoti, ingliz matbuoti, media diskurs, qiyosiy tahlil.

Abstract

Mazkur tadqiqot ommaviy axborot vositalari diskursida sintaktik va strukturaviy mexanizmlarni o‘zbek va ingliz matbuoti materiallari asosida qiyosiy o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda passiv konstruktsiyalar, sintaktik parallelizm, takror strategiyalari, sodda va murakkab gaplarning qo‘llanish xususiyatlari hamda matn kompozitsiyasining tahlili amalga oshirilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek matbuotida sintaktik qurilmalar ko‘proq emotsional-ekspressiv va obrazli talqinni kuchaytirishga xizmat qilsa, ingliz matbuotida ular informativlik, aniq va neytral ifoda uslubiga asoslangan. Passiv konstruktsiyalar har ikki tilda ham keng qo‘llanilib, matnga rasmiy va obyektiv tus beradi. Sintaktik parallelizm va takror strategiyalari matn ekspressivligini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Matn kompozitsiyasining tuzilishida esa o‘zbek matbuoti sarlavha va xulosalarda emotsional rangga, ingliz matbuoti esa informativlikka ko‘proq e’tibor qaratadi.

Author Biography

References

Published

2026-05-25