ISSIQXONA XO‘JALIGIDA ENERGIYA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Authors

  • Joʻrayeva Muxlisa Doniyor qizi Author
  • Allanov Xoliq Author

Keywords:

issiqxona xo‘jaligi, energiya tejamkorlik, geotermal energiya, quyosh kollektorlari, issiqlik ekranlari, LED yoritish, gidroponika, iqlim nazorati, muqobil energiya, iqtisodiy rentabellik, oziq-ovqat xavfsizligi.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarida energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llashning dolzarbligi, mexanizmlari va ularning iqtisodiy hamda ekologik samaradorligi chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda an’anaviy issiqxonalarning yuqori energiya sarfi bilan bog‘liq muammolari yoritilib, ularni bartaraf etishda energiya tejovchi innovatsion yechimlar — geoalmashinuvchi (geotermal) issiq xonalar, quyosh kollektorlari, gidroponika va aeroponika tizimlari, issiqlik ekranlari (shirmalar), LED yoritish qurilmalari hamda intellektual iqlim nazorati platformalarining o‘rni ochib berilgan. Maqolada ushbu texnologiyalarni joriy etish orqali yoqilg‘i va elektr energiyasi sarfini keskin kamaytirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda hosildorlikni oshirish qonuniyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston iqlim sharoitida energiya tejamkor issiqxonalarni rivojlantirishning istiqbollari baholanib, sohaga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Author Biographies

  • Joʻrayeva Muxlisa Doniyor qizi

    Toshkent davlat agrar universiteti

    Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti

    24-07 guruh talabasi

  • Allanov Xoliq

    Ilmiy rahbar

References

Published

2026-05-25