“QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARINI MODERNIZATSIYA QILISHNING IQTISODIY SAMARASI”

Authors

  • Asqarov Xusanboy Author

Keywords:

qishloq xo‘jaligi texnikasi, modernizatsiya, iqtisodiy samara, resurs tejamkorlik, parallel haydash, tannarx, lizing, investitsiya rentabelligi (ROI), mahsuldorlik, agrotexnik muddat.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada agrar sektorda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning bosh omili hisoblangan qishloq xo‘jaligi texnikalarini modernizatsiya qilishning iqtisodiy mexanizmlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari har tomonlama tahlil qilingan. Tadqiqotda ma’naviy va jismoniy esargan texnikalar parkining agrar iqtisodiyotga salbiy ta’siri yoritilib, ularning o‘rniga zamonaviy, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan intellektual va resurs tejovchi agrotexnik majmualarni ( parallel haydash tizimlari, GPS navigatsiyali traktorlar, kombinatsiyalashgan agregatlar) joriy etishning afzalliklari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada modernizatsiya jarayonlari tufayli yoqilg‘i-moylash materiallari sarfini qisqartirish, ishchi kuchi xarajatlarini optimallashtirish, agrotexnik muddatlarni qisqartirish orqali hosil isrofini kamaytirish va yakuniy mahsulot tannarxini pasaytirish qonuniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida lizing mexanizmlari va davlat subsidiyalari orqali texnikalarni yangilashning iqtisodiy rentabelligi baholanib, sohaga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Author Biography

  • Asqarov Xusanboy

    Toshkent davlat agrar universiteti

    Agramuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti

    06 guruh talabasi

References

Published

2026-05-25